
Manjukich yana Italiyaga qaytishi kutilmoqda
"Inter" klubi "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Mario Manjukichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchini shaxsan “neradzurrilar”ning bosh direktori Juzeppe Marotta jamoada ko‘rmoqchi. Ular Manjukichni belgiyalik forvard Romelu Lukaku o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mario Manjukich ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar