Manuchexr Jalilov: "Andijon" yaxshi o‘ynadi, qoyil"

  • 30 iyul, 2022, 16:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Istiqlol” (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmon jamoa etakchisi hamda sardori, Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi – Manuchexr Jalilov “Andijon” matbuot xizmatiga o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Birinchi taymda yaxshi harakat qilgandik. Ikkinchi bo‘limda o‘rtacha o‘yin namoyish etdik. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, unda natija muhim emas. Muhimi, o‘yin amaliyotidir. Bu yo‘lda ikkala jamoa ham shug‘ullanyapti. Mavsumga tayyorgarlik davom etyapti. Asosiysi, o‘z chempionatimizda yaxshi ketyapmiz.

“Andijon” jamoasi asosan ikkinchi qavatda ustunlikka ega ko‘rindi. Himoyachilar va hujumchilari baland bo‘yli futbolchilar ekan. Standartlar orqali hujum tashkil qilisharkan. Biz bungacha “Lokomotiv” va “Navbahor” jamoalari bilan ham o‘ynadik. Ular asosan paslar orqali hujum tashkil qilishadi. Albatta, “Andijon”ga natija bo‘yicha yutqazdik. 3:0 haqida yana nima deyishim mumkin? “Andijon” yaxshi o‘ynadi, qoyil. Ularga chempionatda omad tilayman", - dedi Jalilov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
30/07/2022 20:50
Яша МАНУЧЕХР фикрларинг мазмунли сени жамоанга хам келди ёр бу'лсин
Abbos Nosirov
30/07/2022 16:55
"АНДИЖОН" БРАВО