Manuel Noyer "Bavariya"dagi kelajagi haqida nimalar dedi?
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer klubni tark etish niyatida emasligini, biroq yangi kelishuv borasida muzokaralar o‘tkazmayotganini aytib o‘tdi.
"Bavariya" tarkibida qolishni rejalashtiryapman. Nyubel yozda safimizga kelib qo‘shiladi, mening shartnomam esa 2021-yil yozigacha amal qiladi. Yangi kelishuv haqida rahbariyat bilan muzokara o‘tkazishimiz uchun etarlicha vaqt bor. Bu masala haqida bundan ortiq gap ayta olmayman.
Bizning asosiy maqsadimiz unvonlarga ega chiqish. Jaomamizda shaxsiy manfaat xech qachon birinchi o‘ringa qo‘yilmaydi", - deydi Noyer.
Fikrlar