Manuel Noyer Germaniya terma jamoasini tark etish niyatida emas.
Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, "Bavariya" darvozaboni terma jamoadagi faoliyatini davom ettirish niyatida. Noyer sentyabr oyida terma jamoadagi faoliyatidan tanaffus olib, yil oxirida terma jamoaga qaytishni maqsad qilgan.
Avvalroq, 38 yoshli darvozabon Germaniya terma jamoasida 2026 yilgi Jahon chempionatiga qadar qolish niyatida ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Eschlatib o‘tamiz, Germaniya milliy terma jamoasi sentyabr oyida ikkita rasmiy o‘yin o‘tkazadi. Jamoa Millatlar ligasining guruh bosqichida Vengriya va Niderlandiya qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi.



Fikrlar