Maoshi kamaygan "Barsa" futbolchilari yangi transferlardan norozi!
"Barselona" jamoasida yuzaga kelgan moliyaviy muammolar futbolchilar orasida ham kelishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Klub manfaati uchun maoshi pasayishiga rozi bo‘lgan futbolchilar amalga oshirilgan transferlardan norozi. "Nega siz yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolayotganda bizdan ish haqi kamayishiga rozi bo‘lishimizni so‘rayapsiz",-demoqda jamoa vakillari.
Kataloniyaliklar rahbariyati Aguero, Depay, Garsiya kabi o‘yinchilarni La Liga ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida qiyin muzokaralar bilan band. Bu paytda ular jamoa a’zolarining talablarini qondira olishi aniq emas.
"Diario Sport" nashrining ma’lum qilishicha, yangi transferlar bo‘yicha ish olib borilar ekan, futbolchilar maydonda bor kuchi bilan harakat qilmaydi.
Fikrlar