
Maoshingdan kechsang, “Barsa”da o‘ynaysan!
“Barselona” rahbariyati jamoa etakchilaridan biri Serji Roberto bilan amaldagi shartnomani uzaytirish shartlarini ma’lum qildi.
Marca nashrining xabar berishicha, Roberto jamoada qolishi uchun hozir olayotgan maoshining teng yarmidan voz kechishi talab etiladi.
Ayni paytda tajribali yarim himoyachi jarohatdan tiklanyapti. Uning amaldagi kelishuvi bir yildan so‘ng yakuniga etadi. Agar Serji klub taklifiga ko‘nmasa, yozda o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.
Serji Roberto joriy mavsumda Ispaniya chempionatida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bir juft gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar