Maoshni oshiring! Pul o‘yinga yarasha bo‘lsin

  • 03.02.2026 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ning argentinalik yarim himoyachisi Enzo Fernandez klub bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqida jurnalist Nizaar Kinsella xabar berdi.

Manba ma'lumotiga koʻra, Enzo jamoadagi soʻnggi oʻyinlari yangi shartnomani muhokama qilishga asos beradi, deb hisoblaydigan bir nechta futbolchilar qatoriga kiradi.

Agentlari almashganidan soʻng Enzoning yangi vakillari “aristokratlar” rahbariyatiga shartlarni yaxshilash boʻyicha muzokara boshlashni xohlayotganini ma'lum qilgan.

“Chelsi” Enzo Fernandezni 2023 yilda futbolchi amaldagi jahon chempioniga aylangandan keyin “Benfika”dan 121 million yevroga sotib olgan edi.

Joriy mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma muallifi boʻldi. Futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yil yozigacha moʻljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!