Mareska: "Ikkinchi taymda g‘alaba qozonishga yaqin edik"

  • 20.12.2025 22:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Nyukasl"ga qarshi o‘yin (2:2) yakunlari bo‘yicha fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, londonliklar uchrashuvda g‘alaba qozonishlari mumkin edi.

— Albatta, birinchi taymdan keyin raqib g‘alabaga loyiq edi. Ammo ikkinchi taymda aynan biz yutishga munosib bo‘ldik. Ikkinchi goldan keyin g‘alabani ilib ketish uchun uch yoki to‘rtta yaxshi imkoniyatimiz bor edi.

Men uchun birinchi taymdagi hal qiluvchi voqea o‘tkazib yuborilgan gol bo‘ldi. Uchrashuv boshlanganidan uch daqiqa o‘tib gol o‘tkazib yuborsangiz, o‘yin raqibga qulay tomonga og‘adi. Shu bilan birga, ikkinchi taymda ikki marta gol urdik va yana ko‘proq ham urishimiz mumkin edi. Tanaffusda ayrim o‘zgartishlar qildik. Bu stadionda hisobni quvib etish juda qiyin.

Enzo Maresca, Manager of Chelsea, reacts during the Premier League match between Newcastle United and Chelsea at St James' Park on December 20, 2025...

So‘nggi bir hafta ichida "Everton"ni mag‘lub etdik, Liga kubogi yarim finaliga chiqdik va "Nyukasl" bilan durang o‘ynadik. Bu esa har doim yaxshi natija hisoblanadi. Futbolchilarning reaktsiyasidan qoniqdim, — dedi "aristokratlar" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!