Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mareska oxirgi voqealardan keyin "Siti" futbolchilari kayfiyati haqida gapirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Klubni jazo choralar kutyapti

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska klubning moliyaviy qoidalarni buzgani haqida chiqarilgan qaror yuzasidan berilayotgan ko‘plab savollarga javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, mustaqil komissiya sentabr oyi oxirida «shaharliklar»ni aybdor deb topgan edi. Endi esa jamoa yakshanba kuni ushbu shov-shuvli xabarlardan keyingi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib – «Liverpul».

«Rostini aytsam, kayfiyatimiz a’lo darajada! – deya jamoa holati haqida so‘ralgan savolga javob berdi Mareska. – Futbolchilarimiz oldinda turgan ikki o‘yinni katta intizolik bilan kutishyapti. Lekin asosiy sabab boshqa – biz hali ham Premyer-liga jadvalida birinchi o‘rindamiz», – deya Mareskaning so‘zlarini insayder Fabrizio Romano keltiradi.

«Manchester Siti» joriy mavsumda chempionat doirasida o‘tkazgan barcha besh uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q