Mareska: "Yoshlarga ko‘proq imkoniyat berishim kerak"

  • 08.11.2025 13:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska, Ueyn Runining " Qorabog‘"ga qarshi o‘yindan keyingi e’tirozlariga munosabat bildirdi.

Tecno

"Biz shunaqa zamonda, hamma istaganicha gapira oladigan zamonda yashayapmiz, deb ko‘p marotaba aytganman. Buni hurmat qilaman, ammo men "Qorabog‘"ga qarshi o‘yindan keyin ham, jamoaga endi kelgan paytimdan beri ham rotatsiya qilib turish kerak degan fikrdaman. Bu qarorlarimga hech qachon e’tiroz va shikoyatlar bo‘lmagan.

O‘ylaymanki, bu erda Braziliya terma jamoasi vakili Andrey Santos, Niderlandiya terma jamoasi a’zosi Yorrel Xato va yana bir braziliyalik futbolchi Estevao haqida gap ketayotgan bo‘lsa, bu rotatsiya emas. Ular yaxshi va iste’dodli futbolchilar. Men esa  yoshlar bilan ko‘proq ishlashda davom etaman", - dedi Mareska.

Ma’lumot uchun, "aristokratlar" Evropa Chempionlar ligasining 4-turida safarda "Qorabog‘" bilan o‘yinda 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!