Margarita Gasparyan italiyalik go‘zal tennischini dodini berdi
Nyu-York shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "NYJTL Bronx Open" xalqaro turnirida rossiyalik Anastasiya Potapova hamda Margarita Gasparyan ikkinchi davraga chiqdi.
Anastasiya turnirning ilk davrasida belgiyalik Alison van Uytvankni uch setda 4:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Margarita esa ushbu bosqichda italiyalik Kamila Jorjini birinchi setda 6:3 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, ikkinchi setda bor-yo‘g‘i ikkita geymni boy berdi.

Fikrlar