
Mariya Sharapova sevgilisi bilan Parijga yo‘l oldi
Shu kunlarda barcha tennis yulduzlari Xitoy va Yaponiyada o‘tayotgan musobaqalarda qatnashayotgan bir paytda rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Parijda o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda.
Mariya Evropaning eng go‘zal joylaridan biri bo‘lgan, sevishganlar shahri deb ataluvchi Parij shahrida sevgilisi britaniyalik Aleksandr Gilks bilan sayr qilayotgan suratini ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qildi.
Shuningdek, Sharapova hamda Gilks Frantsiya poytaxtida "Givenchy" tomonidan o‘tkazilgan kechaga tashrif buyurdi.
Fikrlar