
Mariya Sharapova yana jarohat oldi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova "Uimbldon" musobaqasining ilk davrasida frantsiyalik Polin Parmentega qarshi kortga chiqdi.
London shahri mezbonlik qilgan mazkur o‘yinda hisob 6:4, 6:7, 0:5 bo‘lib turgan bir vaziyatda Sharapova jarohat sabab uchrashuvni oxirigacha etkaza olmasligini bildirdi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumidagi chempionatning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Parmente, endi ispaniyalik Karlo Suares Navarroga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar