Markaziy Osiyo derbisida bokschimizning qo‘li baland keldi!
Moʻgʻulistonning Ulan Bator shahri mezbonligidagi kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati ham oʻz yakuniga yetib bormoqda.
Hozirgina oxirgi finalchimiz, -90 kg dagi Halimjjon Mamasoliev va tojikistonlik Parviz Karimov qarama-qarshiligi nihoyasiga yetdi. Toʻliq 3 raund davom etgan toʻqnashuvda hamyurtimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan, qitʼa chempioniga aylandi – 5:0!
Ushbu gʻalaba terma jamoamiz hisobiga mazkur musobaqadagi uchinchi oltin medalni taqdim etdi.
Fikrlar