Markinʼos: «Chempionlar ligasini uch marta yutqazish — bu allaqachon tarix»
«PSJ» jamoasi kapitani Markin’os yangi mavsumdagi Chempionlar ligasi startlari haqida fikr bildirdi.
«Chempionlar ligasida g‘olib chiqishning o‘zi juda qiyin. Ikki marta ketma-ket yutish – yanada og‘irroq vazifa. Uchta sovrin esa tarixga kiradigan natija. Bu – ambitsiya, motivatsiya va klub falsafasi masalasi. Agar yana g‘olib bo‘lmoqchi bo‘lsak, o‘zimizdan talabni yanada oshirishimiz kerak. O‘yinimiz darajasini ko‘tarishimiz shart, chunki bu mavsum avvalgilariga qaraganda qiyinroq bo‘ladi», – deya Markin’os so‘zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.
Ma’lumki, «PSJ» so‘nggi ikki mavsumda Chempionlar ligasida qatorasiga g‘olib chiqqan. O‘tgan mavsum finalida Luis Enrique shogirdlari «Arsenal»ni mag‘lub etgandi: asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida parijliklar 4:3 hisobida ustun kelgan. Bir yil oldin esa «Inter»ga qarshi hal qiluvchi bahs 5:0 hisobida «PSJ» foydasiga yakunlangandi.
Uch marta ketma-ket Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan so‘nggi klub – madriddlik «Real». Ispaniya grandi bu natijaga 2016–2018 yillar oralig‘ida erishgan.

Fikrlar