
Marko Roys APLni tanlaydimi yoki A Seriya?
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys futbolchilik faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatmoqda.
28 yoshli germaniyalik futbolchiga “Milan” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq Roysning o‘zi ham tez orada “Borussiya”dan ketishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgan edi. Unga shuningdek APLdan ham takliflar bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, MYu hamda “Arsenal” tajribali yarim himoyachini o‘z saflarida ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Roys joriy mavsum hali birorta ham uchrashuvda ishtirok etganicha yo‘q. U ayni damda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band. Uning 2018 yilda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar