
Markos Roxo "Estudiantes"ga o‘tishga yaqin turibdi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo professional futboldagi faoliyatini boshlagan "Estudiantes" klubiga qaytishga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko‘ra, 29 yoshli argentinalik futbolchi La-Plata klubiga yarim mavsum uchun ijaraga berilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Roxoning mankunianliklar bilan shartnomasi 2021-yil iyunigacha amal qiladi. Futbolchi joriy mavsumning birinchi qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Fikrlar