Marokash futbolchisi: "Bunga 1000 foiz haqli edik"
Jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Marokash - Portugaliya uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda afrikaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv yakuniga etgach, Marokash futbolchisi Sofyan Amrabat o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu juda, juda aqlbovar qilmas natija. Men jamoam, murabbiy, yigitlar bilan faxrlanaman. Bunga 1000 foiz haqli edik. Bu kurashganimiz, maydonda ko‘rsatgan o‘yinimiz uchun mukofot. Mamlakat uchun, xalqimiz, millatimiz uchun chin dildan jang qildik.
Bizda bir nechta jarohatlar bor edi. Uchta himoyachi bilan o‘yinni boshladik va hurmatga sazovor uchrashuv o‘tkazdik. Muxlislarga, murabbiylarimizga va albatta, jamoadoshlarimga tasanno aytaman!!!", - dedi marokashliklar vakili fantastik bellashuvdan so‘ng.

Fikrlar