Marokashlik hakam umrbod futboldan chetlatildi

  • 25.12.2019 00:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Marokash chempionatida shubhali hakamlik qilgani uchun Xisham Tiazi mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan umrbod futboldan chetlatildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Gap shundaki,Tiazi chempionatning “Olimpik Xurigba” va “Yussufiya Berreshid” klublari bahsida 4 ta penalti belgilagan, ularning 3 tasi esa mehmonlar darvozasiga belgilangan. Ushbu bahsda “Olimpik” 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Marokash futbol federatsiyasining fikriga ko‘ra hakam ushbu uchrashuv natijasiga bevosita ta’sir qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!