Marokashlik rekordchi antidoping qoidabuzarligi uchun diskvalifikatsiyaga uchradi

CHERY AUTO

Marokashlik marafonchi El-Majub Dazza antidoping qoidabuzarligi uchun to‘rt yillik muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

Gap shundaki, sportchi qon bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari (gemotransfuziya) uchun chetlashtirilgan. 29 yoshli marokashlik sportchining diskvalifikatsiya muddati 2020 yil 10 yanvardan boshlanib, 2024 yil 9 yanvarga qadar kuchda bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabr oyida E.Dazza 2 soat 5 daqiqa va 26 soniya ichida marafonni bosib o‘tib, Marokash rekordini o‘rnatgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!