"Marsel" bir o‘q bilan 2 ta quyonni urdi

  • 9 fevral, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, "Marsel" kecha Frantsiya kubogining chorak finali doirasida o‘z maydonida PSJga qarshi bahs olib bordi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Marselliklar ushbu g‘alaba tufayli musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘llanma olishdan tashqari, 12 yillik noxush an’anaga ham barham berishdi. Gap shundaki, “Marsel” 2011 yilning noyabridan buyon ilk bor o‘z maydonida PSJni mag‘lubiyatga uchratishni uddaladi.

Bundan tashqari, “Marsel” barcha musobaqalarda so‘nggi to‘qqiz o‘yindan buyon o‘z maydonida PSJni mag‘lubiyatga uchrata olmay kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!