
Marsyal yanvarda La Liga klubiga o‘tadi, faqat...
“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal “Sevilya”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, La Liga grandi 26 yoshli frantsiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz mavsum oxirigacha ijaraga oladi.
"Sevilya"ning Marsyalni ijaraga olish haqidagi MYuga yuborgan dastlabki taklifi rad etilgandi, biroq yaqin kunlarda tomonlar murosaga erishishlari mumkin.
Antoni Marsyal joriy mavsum APLda jami 7 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar