
Martin Boake AGMKga ham kerak...
AGMK klubining legionerlaridan biri Martin Boake yurtimizda o‘tgan yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Bilsangiz kerak, u avvaliga “Andijon” jamoasida mavsumni boshladi. Yozgi transfer paytida esa AGMKdan tushgan taklifni qabul qilib Mirjalol Qosimov jamoasiga o‘tib ketdi. Kelib chiqishi asli ganalik bo‘lgan, ammo Italiya fuqarosi sanalgan Boake birinchi davrada “Andijon”da 2 ta, AGMKda esa 4 ta gol urdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli legionerga “Navbahor” klubi tomonidan qiziqish bo‘lgan, ammo AGMK klubiga ham Martin kerak edi. Shu bois bu transfer amalga oshmadi. Boz ustiga hujumchining olmaliqliklar bilan amalda yana bir yillik shartnomasi mavjud edi. Shuning uchun AGMK Boake bilan shartnomani bekor qilmadi va unga yana ishonch bildirishda davom etmoqda.
Fikrlar