Martina Trevizan "Volvo Car Open"da Kiki Bertensga qarshi o‘ynaydi
Charlston shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning birinchi davra bahslari davom etmoqda.
"Volvo Car Open" deya nomlanuvchi mazkur musobaqada italiyalik tennischi Martina Trevizan ilk davrada ukrainalik Nadejda Kichenokni 6:2, 6:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Trevizan turnirning ikkinchi davrasiga yo‘l olib, unda gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar