Martines Mbappe haqida: "U futbol haqida etarlicha tushunchaga ega emas"

  • 17.12.2022 22:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Emiliano Martines Kilian Mbappening Janubiy Amerika futboli haqida aytgani fikrlariga javob berdi. 

Avvalroq, hujumchi Janubiy Amerika futboli Evropa darajasida emasligi haqida gapirgandi. 

"U futbol haqida etarlicha bilmaydi va hech qachon Janubiy Amerikada o‘ynamagan. Agar sizda etarlicha tajriba bo‘lmasa, izoh berish to‘g‘ri emas. 

Shunday bo‘lsa-da, hammasi joyida. Ular Argentinaning darajasi haqida bilishidi va buning uchun bizni hurmat qilishadi", - dedi argentinalik posbon. 

Ma’lumot uchun, 18 dekabr kuni Argentina hamda Frantsiya JCh-2022 g‘olibligi uchun maydonga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!