“Mash’al” – “Andijon” uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislarga bepul muzqaymoq va futbolkalar beriladi

  • 30 may, 2019, 12:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga O‘zbekiston Liga kubogiga rasman start beriladi. Dastlabki turdan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri Muborakda “Mash’al” hamda “Andijon” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Tecno

“Gazchilar” matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra 1 iyun kuni bo‘ladigan ushbu o‘yinga tashrif buyurgan barcha muxlislarga bepul muzqaymoqlar tarqatiladi. Shuningdek, eng faol muxlislarga esa maxsus futbolkalar sovg‘a qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” – “Andijon” uchrashuvi soat 19:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fc soloko jem
30/05/2019 16:52
Xudo xoxlasa andijonga omad raqibga xam omad yani mashal jomoasiga . Olga andijon