"Mash’al" bosh murabbiyi: "Kamchiliklarimiz ko‘rindi"

  • 01.03.2026 11:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Mash’al" klubi ilk turda safarda "Neftchi"ga imkoniyatni boy berdi. "Mash’al" bosh murabbiyi Igor’ Surov o‘yindan keyin quyidagicha fikr bildirdi:

"Natijadan qoniqqanim yo‘q. Kurash taklif etib, ochko qo‘lga kiritish maqsadida kelgandik. Standartlar va raqib futbolchilarining mahorati o‘z so‘zini aytdi. Ikkita standart holat rejalarimizni barbod qildi. Shundan keyin hammasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi taymda 2:0 paytida 1-2 vaziyatdan foydalanа olganimizda o‘yinni qutqarib keta olgan bo‘lardik. Afsuski, vaziyatlardan unumli foydalanа olmadik. O‘yin oxirida ham qarshi hujumdan keyin gol o‘tkazib yubordik. Kamchiliklarimiz ko‘rindi, ularning ustidai ishlaymiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!