
"Mash’al" bosh murabbiyi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Superliga ilk turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Mash’al" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. O‘yin poytaxtliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan keyin muboraklilar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Avvalambor, barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Bugun har ikki jamoa yaxshi futbol namoyish etdi. Bu - futbol. Bu erda kimdir g‘alaba qozonadi, kimdir mag‘lubiyatga uchraydi. Biz chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik.
Biroz muddat o‘tib, yana o‘z uyimga qaytdi. Men uchun "Mash’al" birinchi muhabbat kabidir. To‘g‘ri, klubda ba’zi o‘zgarishlar yo‘q emas. Ammo eng muhimi, men o‘z uyimga qaytdim. Ispaniyalik murabbiydan keyin jamoani qabul qilib olish oson bo‘lmaydi. O‘z uslubimni yo‘lga qo‘yish uchun kamida 5-6 hafta zarur".
Fikrlar