"Mash’al" o‘z legioneri bilan orani ochiq qildi
Superligaga qaytgan "Mash’al" klubi ham selektsiya ishlarini davom ettirmoqda. Tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shilmoqda va shu bilan birga o‘tgan yilgi o‘yinchilardan ayrimlari bilan xayrlashishmoqda.
Jumladan, o‘tgan mavsum davomida “Mash’al”da faoliyat olib borgan va jamoaning Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritishida muhim hissa qo‘shgan nigeriyalik yarim himoyachi Maykl Babatunde jamoani tark etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Babatunde "Mash’al" tarkibida bir mavsumni o‘tkazdi.
Futbolchi muborakliklar safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi.
Fikrlar