
"Mash’al" o‘z maydonida AGMKni mag‘lubiyatga uchratdi (video)
Superliganing 9-turida “Mash’al” o‘z maydonida AGMKni qabul qildi.
Muborakdagi bahs 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Sardor Abduraimov (4') va Zafar Akramov (45') “Mash’al”ga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qilgan bo‘lsa, AGMKning yagona javob golini Dilshod Jo‘raev (90+5') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar