
Masharipovning jamoasiga "Manchester Yunayted"dan yana bir futbolchi kelmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles Saudiyaning "An-Nasr" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klublar 30 yoshli braziliyalikning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. "An-Nasr" Tellesni yaqin kunlarda jamoaga qo‘shilishini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Telles o‘tgan mavsumni “Sevilya” safida ijara asosida o‘tkazgan. Himoyachi andalusiyaliklar tarkibida 38 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Nufuzli Transfermarkt portali Braziliya terma jamoasi futbolchisini ayni damda 7,5 million evroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Telles "Manchester Yunayted" safiga 2020 yilda "Portu"dan 15 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Mankunianliklar tarkibida futbolchi jami 50 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshrgan.
Fikrlar