
Mashxur bokschi UFC chempioniga qarshi !!!
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Chjan Chjiley (27-2-1) shu yilning mart oyida Aleks Pereyra (11-2) bilan mashg‘ulot o‘tkazganini aytdi.
“Biz to‘rt raunddan iborat sparring o‘tkazdik. O‘sha kunni yaxshi eslayman, men umumiy hisobda 12 raund jang qilganman. Aleks bilan ringga chiqishdan oldin ham ikkita yigit qarshi sparring tushgandim. Pereyraga kelsak, u yaxshi bokschi ham ekan. Aytishim mumkinki, uning reflekslari, tezligi va kuchi juda ajoyib.
Men Aleksning UFC dagi janglarini ko‘p kuzatganman, u stendda hammadan ustunlik qiladi. O‘ylaymanki, u og‘ir vazn toifasida muvaffaqiyat qozonish uchun etarli kuchga ega”, — dedi Chjiley.
Fikrlar