Mashhur futbolchi to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
UEFAning Nazorat, etika va intizom qo‘mitasi “Fenerbahçe” yarim himoyachisi Matteo Genduzini “o‘yinda ishtirok etgan boshqa shaxslarni haqorat qilgani, tomoshabinlarni provokatsiya qilgani va odob-axloqning asosiy qoidalarini buzgani” uchun to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Ularning ikkitasi shartli ravishda qo‘llaniladi. Shuningdek, UEFA 27 yoshli futbolchiga 50 ming yevro miqdori jarima soldi.
Bu haqida UEFA sayti xabar berdi.
Genduzi Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichida “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan javob uchrashuvidan (1:2) keyingi xatti-harakatlari uchun yuqoridagi jazoga tortildi.
26 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng futbolchi raqib tribunallari oldida g‘alabani nishonlay boshlagan. Natijada jamoalar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
“Lion” darvozabonlar murabbiyi Antonio Ferreyru ham UEFA klub musobaqalarida beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Ularning ikkitasi shartli hisoblanadi.

Fikrlar