
Mashxur himoyachi o‘zi to‘p surayotgan klubga moliyaviy yordam berdi
"Anderlext"ning o‘ynovchi murabbiyi Vensan Komani klub uchun 3 million evro mablag‘ ajratdi.
DH les Sports+ nashri ma’lumotiga ko‘ra, himoyachi koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozdan chiqish uchun u klub aktsionerlari hisobiga yana 14 million evro o‘tkazib bermoqchi.
Kompani "Anderlext" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U belgiyaliklar safida 17 yoshida debyut qilgan 2006 yilda "Gamburg"ga 10,5 million evroga transfer qilingan. Ikki yildan so‘ng esa futbolchi "Manchester Siti"ga yo‘l oldi va u erda 11 yil to‘p surdi.
Joriy mavsumda u "Anderlext" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va golli pas bergan.
Fikrlar