Mashhur hujumchi hukumat bilan mojaro tufayli terma jamoadan ketdi

  • 03.09.2026 06:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gabon milliy terma jamoasi sardori Pyer-Emerik Obameyang endilikda mamlakat terma jamoasi safida maydonga tushmasligini ma’lum qildi. Futbolchi bu qarorini mamlakat hukumatining so‘nggi harakatlari bilan bog‘ladi. 

Yanvar oyida Gabon hukumatı Afrika millatlar kubogidagi omadсиз ishtirokdan so‘ng milliy terma jamoani, shuningdek, uning yetakchi futbolchilari Pyer-Emerik Obameyang va Bryuno Ekuyel-Mangani xalqaro musobaqalardan chetlаtish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. 

Gabon terma jamoasi Marokashda o‘tgan Afrika millatlar kubogida muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatdi: Kamerunga 0:1, Mozambikka 2:3, Kot-d’Ivarga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, F guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. 

Obameyangning so‘zlariga ko‘ra, hukumat qaroridan keyin u o‘zini haqoratlangan deb his qilgan. 

«Ular meni haqorat qilishdi, obro‘mga dog‘ tushirishdi. Men esa Afrika millatlar kubogida jarohat bilan o‘ynadim. Bu men uchun oxirgi nuqta bo‘ldi, shu bois shu yerda to‘xtashni ma’qul ko‘rdim», — deya Obameyang so‘zlarini RMC Sport telekanali keltiradi. 37 yoshli Pyer-Emerik Obameyang Gabon terma jamoasi tarixidagi eng samarali to‘purar hisoblanadi. U milliy jamoa tarkibida 40 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!