Mashhur hujumchini tarkibdan quvishmoqchi
“Napoli” va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku so‘nggi kunlardagi qarorlari sababli Neapol jamoasi tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Mashhur forvard kutilmaganda Belgiya milliy terma jamoasi yig‘inini tark etdi va AQSh hamda Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmasligini bildirdi.
U bor e’tiborini jismoniy holatini yaxshilashga qaratishga qaror qilgan, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Lukaku Belgiya’da shaxsiy murabbiy bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda, bu amaliyot klub bilan kelishilmagan holda amalga oshirilyapti.
Manbaga ko‘ra, “Napoli”ning pozitsiyasi shundan iboratki, futbolchi 31 martga qadar jamoaga qaytishi kerak. Aks holda u tarkibdan chiqariladi.
Klub, shuningdek, bu qaror uchun futbolchini jarimaga tortishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Lukaku “Napoli” safida barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.
Hujumchi 14 avgust kuni “Olimpiakos”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) olgan jarohati sabab mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi. O‘sha uchrashuvda u chap sonidan jiddiy shikastlangan edi.
Fikrlar