Mashxur murabbiy saratondan tuzaldi
73 yoshli van Gal murabbiylik faoliyatiga qaytmaydi
Niderlandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal saraton bilan kurashganini aytdi.
Mutaxassis kasalligi haqida uch yil oldin e’lon qilgan. O‘sha paytda u Niderlandiya terma jamoasini boshqargan.
Hozirda u "Ayaks"ning maxsus maslahatchisi bo‘lib, tez-tez omma oldida paydo bo‘ladi.
"Saraton meni ortiq bezovta qilmayapti. Ikki yil oldin meni bir necha marta operatsiya qilishdi. O‘shanda hammasi yomon edi.
Ammo oxir-oqibat hammasi yaxshi bo‘ldi, men saratonni enga oldim. Har bir necha oyda ko‘rikdan o‘taman va ishlarim yaxshi ketyapti. Menga hammasi yaxshi," - dedi "Ayaks," "Barselona," "Bavariya" va "Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi.
73 yoshli van Gal murabbiylik faoliyatiga qaytishni istamasligini tasdiqladi. Mumkin bo‘lgan yagona variant - top-terma jamoadan taklif.

Izohlar (0)