
Mashhur murabbiy transferlar sabab “Manchester Yunayted”dan yuz o‘girdi
“Manchester Yunayted” yozda jamoaga yangi bosh murabbiy topish maqsadida germaniyalik tajribali mutaxassis Tomas Tuxel bilan ham muzokara olib borgandi.
Biroq o‘tkazilgan suhbatlar davomida tomonlarning fikri bir joydan chiqmadi va tajribali murabbiy “Manchester Yunayted” bilan hamkorlik qilmaydigan bo‘ldi.
Daily Mail nashri tomonlarning bir to‘xtamga kela olmagani sababini oshkor qildi. Unga ko‘ra, Tomas Tuxelga manchesterliklarning transfer siyosati va yangi o‘yinchilarni olish bo‘yicha klub strukturasi ma’qul kelmagan.
51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida “Maynts”, “Borussiya Dortmund”, “Pari Sen Jermen”, “Chelsi” va “Bavariya”ni boshqargan. 2024 yilnng iyunida Myunxen klubini tark etganidan beri ishsiz yuribdi.
Fikrlar