Mashhur yulduz qiyin ahvolga tushib qoldi
Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan Bilbaoning “Atletik” klubi kutilmagan muammoga duch keldi. Jamoa yetakchisi Niko Uilyams chov sohasidagi churra rivojlanayotganligi bois nomaʼlum muddatga safdan chiqqan.
Bu jarohat uning oʻyinlarda ishtirok etish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklamoqda. Klub bosh murabbiyi Ernesto Valverde Uilyamsning tiklanish muddatlari hozircha aniq emasligini maʼlum qildi.
Bu haqida Goal xabar bermoqda.
Futbolchi bir qator tibbiy tekshiruvlardan oʻtadi, ular natijalari asosida davolash rejasi tuziladi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Uilyams kamida bir oy davomida oʻynay olmaydi. Bu esa u 3 mart kuni boʻlib oʻtadigan Ispaniya kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Real Sosyedad”ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishini anglatadi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi klub safida 26 ta oʻyinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar