Maskerano “Inter Mayami”dan nega kutilmaganda ketganini tushuntirdi

  • 16.04.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik mutaxassis Xavyer Maskerano “Inter Mayami” bosh murabbiyi lavozimini tark etishi haqida fikr bildirdi.

- Barchaga ma'lum qilmoqchimanki, shaxsiy sabablarga ko‘ra “Inter Mayami” bosh murabbiyi sifatidagi ishimni yakunlashga qaror qildim.

Avvalo, klubga menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildiraman, barcha xodimlarga birgalikdagi mehnatimiz uchun rahmat aytaman, ayniqsa o‘yinchilargaaynan ular tufayli biz unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik.

Shuningdek, muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman, chunki ularsiz buning barchasi mumkin bo‘lmas edi.

Biz qo‘lga kiritgan birinchi yulduz (Maskerano davrida “Inter Mayami” MLS kubogini yutgan), qaerda bo‘lishimdan qat'i nazar, doimo xotiramda qoladi.

Klubga kelajakda ham omad tilayman va uning yanada muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman.

Barchangizga katta salom va barchasi uchun rahmat, - dedi Xavyer Maskerano klub rasmiy sayti orqali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!