Maskerano Messining qachon safga qaytishini ma’lum qildi

  • 16 avgust, 21:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" bosh murabbiyi Maskerano Lionel Messini "Los-Anjeles" ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor ekanligini aytdi.

Tecno

"Leoni ahvoli yaxshi. U jamoa bilan chorshanbadan beri birga mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, argentinalik yulduz keyingi turda asosiy tarkibda jamoani maydonga boshlab tushadi", - dedi klub mutaxassisi.

Javier Mascherano head coach of Inter Miami talks with Lionel Messi of Inter Miami during a hydration break during the first half of the game against...

Ma’lumot uchun, Messi "Pumas" va "Orlando Siti" jamoalariga qarshi o‘yinlarda o‘z jamosiga yordam bera olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" keyingi turda  "Los-Anjeles" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 17 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!