
Mata: "Sulsher menga xaridlar ro‘yhatini berdi"
Kecha oqshomda Angliya kubogi 1/32 final doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vulverxemptoni"ni mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
O‘yin qaxramoni Xuan Mata uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar savoliga hazil aralash javob berdi.
- Sulsher o‘yin vaqtida sizga maxsus qog‘oz berdi, unda taktikaga oid maslahat bormidi?
- Bu xaridlar uchun ro‘yhat edi. Unda non, sut va umuman hamma narsa bor edi.
- Gol ham bormidi?
- Xa, albatta.
Eslatib o‘tamiz, Xuan Mata ushbu o‘yindagi yagona gol muallifga aylangan edi.
Fikrlar