
Maurisio Sarri "Atletiko"ga qarshi o‘yin, Ronaldu va Dibala haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Maurisio Sarri Chempionlar ligasi guruh bosqichi "Atletiko" (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz bu oqshom juda ko‘p kuch sarfladik. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Ammo bu bahsda ham "Atalanta"ga qarshi o‘yindek g‘alaba uchun astoydil ter to‘kishga majbur bo‘ldik."
Murabbiy shuningdek, hujumchilar Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala haqida ham tuhtalib o‘tdi.
"Ronalduning tizzasidagi og‘riq masalasida hozir aniq gap ayta olmayman. Chunki bu haqida u bilan gaplashganimiz yo‘q. Ammo menga barchasi joyidagidek tuyuldi. O‘yin ohirida u ortga qaytdi va himoyalanishimizga yordam berdi.
Dibala dunyo saviyasidagi futbolchi, uning jismoniy holati hozir juda yuqori, ayni shu holati bizga kerakli o‘yinlarda ko‘l kelmoqda," - deya aytib o‘tdi Maurisio Sarri.
Fikrlar