Mauritsio Sarri: Kantening finalda ishtirok etishi 50/50
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaning frantsiyalik yarim himoyachisi Ngolo Kantening ertangi finalda ishtirok etish yoki etmasligi borasida gapirib o‘tdi.
“Kantening tizzasidagi jarohati u qadar jiddiy emas. Muammo shundaki, u final uchrashuvigacha to‘liq tiklanib ulgurmasligi mumkin. Ammo, biz harakat qilamiz. Hozir men bu borada hech narsa deya olmayman. Oxirigacha kutamiz. Nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz, biroq uning maydonga tushishiga hech qanday kafolat yo‘q. Imkoniyatlar 50/50”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasidagi Evropa ligasi finali ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar