Mavlonbek Qahhorovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum
O‘zbek muaytay olamining yorqin vakili, 3 karra jahon chempioni, 3 marotaba Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mavlonbek Qahhorovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu sportchimiz 5 mart kuni Andijonda tashkil etiluvchi "ATF Championship 8" turnirida jang qiladi. Unga raqib sifatida yana bir hamyurtimiz Nodirbek Xayriddinov tanlangan.
Ushbu qarama-qarshilik 73 kg vazn toifasida professional kikboksing yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Mavlonbek so‘ngi jangini o‘tgan yilning 21 noyabrida Toshkentda tashkil etilgan professional muaytay kechasida eronlik Xosain Nosiriga qarshi o‘tkazdi va raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, g‘alabaga erishgandi.
Fikrlar