
Mavlud Tifiev ONE Championship promoushenida jang qiladi
9 iyun kuni Tailandning Bangkok shahrida ONE Championship promousheni navbatdagi turnirini o‘tkazadi.
Mazkur jang kechasida hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi. Muaytay hamda K-1 ustasi sanaladigan yurtdoshimiz tailandlik Yod- Iq PK Sanchayga qarshi jang qiladi. Ushbu jang professional muaytay yo‘nalishida 66 kg vaznda bo‘lib o‘tadi.
Bugun jangdan oldingiz vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Har ikki jangchi vazn me’yorini bajarishdi.
Fikrlar