Islom Maxachev: "Arman Tsarukyan bilan greppling bo‘yicha bellashuvimiz ham katta shov-shuvga sabab bo‘lardi"
Yarim o‘rta vazndagi UFC chempioni Islom Maxachev Rossiya va Armaniston sharafini himoya qiluvchi Arman Tsarukyan bilan greppling bo‘yicha bellashish g‘oyasiga munosabat bildirdi.
"Agar MMAdа jang qilganimizda ajoyib bo‘lardi. Biroq greppling bo‘yicha bahsimiz ham katta shov-shuvga sabab bo‘lishi aniq. Garchi menda bu borada ko‘plab takliflar mavjud bo‘lsa-da, hozircha hech biri qiziq emas. Moliyaviy masala ham allaqachon muhimlik darajasini yo‘qotgan", — dedi Maxachev Sambo xalqaro markazidagi matbuot anjumanida.
Avvalroq, Islom va Tsarukyan o‘rtasidagi to‘qnashuv "UFC 311" turnirida o‘tkazilishi kerak edi, lekin Arman jarohati sabab bahsdan yechilgan edi.
Zeboniso Hamidova tayyorladi
Fikrlar