Maxrez Gvardiola haqida nimalar dedi?

  • 12 noyabr, 2019, 19:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyod Maxrez jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida qanday fikrdaligini bilib oldi.

Tecno

“Gvardiola bu juda oddiy odam. U - g‘olib inson va u bizning o‘sishimiz uchun ishlaydi. Pep maydonda oson harakat qilishimiz uchun barcha narsani ipidan ignasigacha tushuntiradi. U hamisha o‘yinda. Undan o‘rganganim sayin u bilan ishlash yoqaveradi”, - deydi 28 yoshli jazoirlik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Maxrez joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!