Maydondan haydalsang, o‘zingdan ko‘r!
“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoa futbolchilari uchrashuv davomida qizil kartochka olsa, ularni qo‘shimcha jazo choralari kutayotganini haqida ogohlantirdi.
Angliyaning murabbiyning bu masalaga eʼtibor qaratishi bejiz emas. O‘tgan turda “Arsenal”ga qarshi o‘yinda Pedru Netu joriy mavsumda “Chelsi” safida maydondan chetlatilgan to‘qqizinchi futbolchiga aylandi.
Rosenyor futbolchini birinchi marta qizil kartochka olgani uchun kechirishga tayyor, ammo bu holat takrorlansa, Liam oqibat jiddiy bo‘lishini taʼkidladi.
- Bu jihatni yaxshilashimiz kerak. Mening vazifam — masʼuliyat madaniyatini shakllantirish, va agar sen xato qilgan bo‘lsang, bu muammo emas, sen uni tan olishing va bu yana takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishing kerak.
Amo agar bu birinchi marta sodir bo‘lsa, sen haqiqatan ham o‘z xatongni anglashing kerak. Agar men noto‘g‘ri tarkib tanlasam yoki biror joyda xatoga yo‘l qo‘ysam, men javobgarlikni o‘z zimmamga olishim kerak, hozir ayni paytda mening futbolchilarim ham xuddi shunday qilishlari lozim.
Pedru jamoadan uzr so‘radi. Bo‘lajak uchrashuvda bizga uning yordami yetishmaydi. Hozir men faqat intizom yaxshilanishini ko‘rishni istayman. Bu faqat Pedruga taalluqli emas.
Odamlar biz hakamlar bilan ko‘p bahslashamiz, deyishyapti. Haqiqatan ham biz keraksiz ogohlantirishlar olyapmiz. Agar biz rivojlanishni va ko‘zlagan maqsadlarimizga yetishni istasak, ongli ravishda oldinga qadam tashlashimiz va bu holat takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, - dedi Liam Rosenyor.
Fikrlar