Mayk Tayson: “Hayot abadiy davom emas”
Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson bloger va bokschi Jeyk Poldan uchralgan mag‘lubiyatdan qanday saboq olganini aytib o‘tdi.
“Faqat hozirgi ondan zavqlan. Bu lahza tezda o‘tib ketadi, shuning uchun uni mavjud paytda qadrlash kerak. Hech narsa abadiy emas. Men hozir shunchaki tayyorgarlik ko‘ryapman va keyingi bosqichni intiqlik bilan kutyapman”, — dedi Tayson "All Out Fighting" jurnaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 59 yoshli afsona hozirda Floyd Meyvezerga qarshi yangi ko‘rgazmali jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu to‘qnashuv 2026 yil bahorida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar